Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Vinisiusga nisbatan yangi hujumlar: "Osasuna" muxlislari futbolchiga o‘lim tilashdi

Vinisiusga nisbatan yangi hujumlar: "Osasuna" muxlislari futbolchiga o‘lim tilashdi

Baho:
+2 | -

Vinisius Juniorning yaqinlari "Osasuna"ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirishdi.

La Liganing 25-turidan o‘rin olgan bahs Pamplona jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin davomida "Osasuna" muxlislari Vinisiusni hushtaklar bilan kutib olishdi va uni "ahmoq" deb atashdi, shuningdek, "Vinisiusga sohil to‘pini bering" deya hayqirishdi.

O‘yindan so‘ng La Liga mezbon muxlislar tomonidan aytilgan "Vinisius, o‘l" degan hayqiriqlar eshitilgan videoyozuvlarni ham o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Braziliyalik vingerga yaqin bo‘lgan manbalarning ta’kidlashicha, ular bu voqealardan "xafa bo‘lishgan, ammo bundan hayratda emaslar", deb yozadi "The Athletic".

Avvalroq La Liga 2021 yilning oktyabr oyidan buyon "Real" futbolchisiga nisbatan irqchilik negizida 26 ta kamsitish holati qayd etilganini xabar qilgan edi. Vinisius Ispaniyaning 10 ta stadionida bunday munosabatga duch kelgan.

Kiritildi: 19:05, 23.02.2026.
O'qildi: 1740 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик