Kirish Ro'yxatdan o'tish

Runi Ezeni maqtagisi kelmadi

Runi Ezeni maqtagisi kelmadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi APLning 27-turidan o‘rin olgan "Tottenxem Hotspur"ga (4:1) qarshi o‘yindan keyin "Arsenal" yarimhimoyachisi Eberechi Ezeni maqtashga shubha bilan qaradi. Futbolchi bu o‘yinda dubl qayd etdi.

"Men Ezening maqtaganlarga biroz qo‘shilmayman, chunki u butun mavsum davomida o‘zini zo‘r ko‘rsatdi deb o‘ylamayman. "Tottenxem" bilan ikki o‘yin uni oldingi o‘ringa olib chiqdi, ammo qolgan o‘yinlarda u, nazarimda, u qadar yaxshi emasdi.

O‘ylashimcha, bu ko‘p jihatdan doimiy o‘yin amaliyoti yo‘qligi bilan bog‘liq, buni tushunaman, lekin xarakter nuqtai nazaridan murabbiy mendan voz kechishi oson bo‘lmasligi uchun o‘yinlar va mashg‘ulotlarda ko‘p kuch sarflagan bo‘lardim. To‘g‘risini aytganda, u tarkibdan joy olish uchun yetarlicha harakat qilmayapti. Martin Edegor sardor ekanligini tushunaman, lekin sen baribir Mikel Arteta seni tarkibdan tashqarida qoldirmasligini ta’minlashing kerak", - dedi Runi BBC uchun bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:04, 24.02.2026.
O'qildi: 1085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик