Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Doniyor Narzullayev — «Metallurg» futbolchisi

Doniyor Narzullayev — «Metallurg» futbolchisi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga reja asosida puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan «Metallurg» tarkibni shakllantirish ishlarida ham faollikni unutmayapti.

Jumladan, yarim himoya chizig‘iga tajribali futbolchi, o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Doniyor Narzullayev taklif etildi. 2021 yil klubimiz sharafini himoya qilgan vinger Bekobodga qaytdi va yangi mavsumda «Metallurg» safida to‘p tepadi.

Tajribali futbolchi O‘zbekiston Superligasida 156 ta o‘yinda 10 ta gol urgan va 11 marta sheriklariga golli uzatma yetkazib bergan. Osyo Chempionlar Ligasida 11 uchrashuvda maydonga tushgan (2 ta assist), OCHL 2 musobaqasining 2 bellashuvida (1 ta assist) va OFK Kubogida 4 ta o‘yin (1 ta assist) o‘tkazgan.

O‘tgan mavsum G‘uzorning «Sho‘rtan» klubi yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lib, klub safida Superliganing 26 uchrashuvida 6 ta gol urib, 4 ta golli uzatma yetkazib bergan, qator bellashuvlarda jamoani maydonga sardor sifatida boshlab tushgan.

Doniyor professional faoliyati davomida «Nasaf», «Metallurg», «Neftchi» va «Sho‘rtan» jamoalari sharafini himoya qilgan.

"Doniyor Narzullayev yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.

Doniyor Narzullayev
Tug‘ilgan sanasi: 11.04.1995
Tug‘ilgan joyi: Qarshi shahri
Bo‘yi: 1.81
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Nasaf», «Metallurg», «Neftchi», «Sho‘rtan».

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:41, 26.02.2026.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик