Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Pedri bir oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi

Pedri bir oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohatidan so‘ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 23 yoshli futbolchini shanba kuni La Liga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi kechadigan bahsda dastlabki daqiqalardan maydonga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi "Diario Sport". Ispaniyalik yulduz uchun bu bir oydan ko‘proq vaqt ichida — 21 yanvardan beri ilk bor asosiy tarkibda ko‘rinish berishi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Pedri mushaklaridagi muammolar sababli "Barselona"ning yettita uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Yulduz xavbekning maydonga qaytishi yaqindagina "Levante"ga qarshi kechgan bahsda yuz berdi — o‘shanda u 66-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.

"Barselona" — "Vilyarreal" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

Kiritildi: 05:57, 28.02.2026.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик