Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

O’Rayli "Manchester Siti"dagi muvaffaqiyati sirini ochiqladi

O’Rayli "Manchester Siti"dagi muvaffaqiyati sirini ochiqladi

Baho:
+ | -

20 yoshli Niko O’Rayli joriy mavsumda nima sababdan "Manchester Siti" uchun muhim futbolchiga aylangani haqida gapirib berdi.

Yosh universal futbolchi muntazam ravishda "shaharliklar"ning asosiy tarkibida maydonga tushmoqda. So‘nggi vaqtlarda undan ko‘proq yarim himoya chizig‘ida foydalanilmoqda.

"Men yarim himoyamizga biroz jismoniy kuch qo‘shyapman va yakkama-yakka kurashlarda g‘olib chiqyapman. O‘ylaymanki, bu to‘p bilan a’lo darajada muomala qiladigan va tempni belgilab beradigan jamoadoshlarimga juda yordam beradi. Mening vazifam — markazda raqib hujumlarini buzish va to‘pni ijodkor sheriklarimdan biriga yetkazib berish. Men aynan shuning uchun shu yerdaman va bu rol menga yoqadi", — deya "City Xtra" O’Raylining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Angliyalik futbolchi joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:18, 28.02.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик