Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Nagelsmann Lennart Karlni JCH-2026 ga borish shartlarini aytdi

Nagelsmann Lennart Karlni JCH-2026 ga borish shartlarini aytdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

18 yoshli futbolchi hali Germaniyaning asosiy terma jamoasida debyut qilmagan bo‘lsa-da, klubdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari fonida nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

«Lennart hayratlanarli davrni o‘tkazdi. Hozir unda biroz qiyinchiliklar bor — bu qisman Musialaning safga qaytgani bilan bog‘liq. Shunga qaramay, u juda qiziqarli futbolchi ekanligi ko‘rinib turibdi: u raqibni ajoyib tarzda aldab o‘tadi, qanotdan markazga surilib, chap oyoqda zarba beradi, uni nazorat qilish juda qiyin. Ammo men u JCH-2026 ga borishi uchungina «Bavariya» asosiy tarkibida doimiy maydonga tushishini kutmayapman. Hozir u o‘z ritmini topishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklashi kerak. Unda o‘sha yoshlik energiyasi va jasorat bo‘lishi lozim, aks holda men shunchaki o‘z o‘yinini barqaror ko‘rsata oladigan tajribali futbolchini taklif qilishim mumkin», — dedi Nagelsmann.

Lennart Karl joriy mavsumdagi 30 ta o‘yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 05:38, 02.03.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик