Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Konseysau Ronalduning rekordini takrorladi

Konseysau Ronalduning rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" vingeri Fransishku Konseysau "Roma"ga qarshi kechgan bahsda (3:3) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

23 yoshli futbolchi uchrashuvning 47-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Keyinchalik rimliklar 3:1 hisobida oldinga chiqib olishdi, biroq mehmonlar Jeremi Boga va Federiko Gattining harakatlari evaziga baribir muvozanatni tiklashdi.

Opta xabar berishicha, Konseysau A Seriyaning bitta mavsumi doirasidagi ikkala o‘yinda ham "Roma" darvozasiga gol urgan ikkinchi portugaliyalik futbolchiga aylandi. Bu borada birinchi natija "Yuventus"ning sobiq yulduzi Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Afsonaviy hujumchi 2018 yildan 2021 yilgacha "keksa sinyora" sharafini himoya qilgan.

Fransishku Konseysau joriy mavsumda Italiya chempionatida uchta gol urdi. Ulardan ikkitasi aynan "Roma" darvozasiga kiritilgan.

Kiritildi: 08:53, 02.03.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик