Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Filipe Luisning "Flamengo"dan kutilmagan iste’fosiga "Chelsi" xo‘jayinlari aloqador bo‘lishi mumkin

Filipe Luisning "Flamengo"dan kutilmagan iste’fosiga "Chelsi" xo‘jayinlari aloqador bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi" xo‘jayinlari — London klubini nazorat qiluvchi BlueCo kompaniyalar guruhi, Filipe Luisning "Flamengo"dan kutilmaganda bo‘shatilishiga bilvosita aloqador bo‘lib chiqdi. Vaholanki, ushbu mutaxassis uch oydan kamroq vaqt oldin Braziliya chempionati va Libertadores Kubogida g‘olib chiqqan edi.

OUL Esporte nashrining braziliyalik jurnalisti Rodrigo Mattos bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Flamengo" rahbariyati va murabbiy o‘rtasidagi keskinlik o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar vaqtida yuzaga kelgan. O‘shanda "Flamengo" prezidenti Luis Eduardo Baptista Filipe Luisning "Chelsi" xo‘jayinlari bilan muzokara olib borayotganidan xabar topgan.

Rasman "Flamengo" mutaxassis bilan shartnomani 2025 yil 29 dekabrda uzaytirgan edi, "Chelsi" esa oradan atigi uch kun o‘tib — 2026 yil 1 yanvarda Enso Mareska iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Bu shundan dalolat beradiki, Braziliyada Filipe Luis bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir vaqtda, BlueCo bilan ham aloqalar o‘rnatilgan.

Kiritildi: 22:41, 03.03.2026.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик