Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan bahsda «Vulverxempton» «Liverpul» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Vulverxempton shahridagi «Molinyu» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Mezbonlar himoyachisi Rodrigu Gomesh 78-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, «qizillar» javob to‘pini kiritishdi — Muhammad Saloh gol muallifiga aylandi. «Bo‘rilar» esa braziliyalik yarim himoyachi Andrening hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada urgan goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Vulverxempton» 16 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. «Liverpul» esa 48 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 29-tur
04.03.2026 | 01:15
«Molinyu Stedium», Vulverxempton
«VULVERXEMPTON» — «LIVERPUL» — 2:1
Gollar: R. Gomesh 78 (1:0), Saloh 83 (1:1), Andre 90 (2:1).
«Vulverxempton»: Joze Sa, Kreychi, S. Bueno, Doerti (Moskera, 60), Volfe (U. Bueno, 81), Andre, J. Gomes, A. Gomesh (Bellegard, 60), Chachua, Armstrong (Arokodare, 59), Mane (R. Gomesh, 70).
«Liverpul»: Alisson, Kerkez (Robertson, 65), van Deyk, Konate (Kyeza, 79), Frimpong (Djo Gomes, 72), Makallister, Gravenberx (Djons, 46), Gakpo (Ngumoxa, 65), Soboslai, Saloh, Ekitike.
Ogohlantirishlar: J. Gomes (69), S. Bueno (90) — Gravenberx (22).













