Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp nima uchun «Real»ga o‘tishni istamayotgani ma’lum

Klopp nima uchun «Real»ga o‘tishni istamayotgani ma’lum

Baho:
+1 | -

Ispaniyalik jurnalist Xose Manuel Estrada mashhur germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppning faoliyatini davom ettirishi borasida kutilmagan variantni ochiqladi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul»ning sobiq ustozi Madridning «Atletiko» klubini boshqarishi mumkin.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Klopp allaqachon Madridning «Real» klubi taklifini rad etgan va hozirda Ispaniyaning boshqa bir grandi bilan muzokaralar olib bormoqda. Qayd etilishicha, germaniyalik murabbiy an’anaviy tarzda loyihalarni klubning moliyaviy imkoniyatlariga qarab emas, balki jamoaning falsafasi va muhitiga qarab tanlaydi.

Estradaning aytishicha, Kloppga «Atletiko»ning rivojlanish modeli ma’qul kelmoqda. Uning fikricha, mutaxassis shunchaki ulkan byudjetlarga tayanadigan emas, balki muvaffaqiyatni bosqichma-bosqich quradigan klublarni afzal ko‘radi.

Shuningdek, klub vakillari va murabbiyning atrofidagi insonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangani, Kloppning o‘zi esa ushbu yangi tayinlovi bilan butun futbol Yevropasini hayratda qoldirishi mumkinligi aytilmoqda.

Yurgen Kloppning oxirgi ish joyi Angliyaning «Liverpul» klubi bo‘lib, u jamoani 2024 yilda tark etgan edi. Klubdan ketganidan so‘ng, mutaxassis Red Bull futbol tizimida boshqaruv lavozimiga o‘tgan edi.

Kiritildi: 13:45, 05.03.2026.
O'qildi: 9981 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик