Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted»ni boshqarishga 3 ta da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted»ni boshqarishga 3 ta da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» murabbiylar bozorini faol o‘rganmoqda. The Touchline nashri jurnalist Ben Jeykobsga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» ayni damda asosan uchta nomzodni ko‘rib chiqishmoqda.

Ushbu qisqa ro‘yxatdan (short-list) quyidagi mutaxassislar o‘rin olgan:

  • Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi)

  • Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi)

  • Roberto de Dzerbi (hozirda jamoasiz)

Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, Karlo Anchelotti (Braziliya terma jamoasi) va Tomas Tuxel (Angliya terma jamoasi) nomzodlari hozirda mankunianliklar tomonidan ko‘rib chiqilayotgani yo‘q.

2025/2026 yilgi mavsumni «Manchester Yunayted» vaqtinchalik murabbiy Maykl Karrik bilan yakunlaydi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha jamoa safarda «Nyukasl»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 23:10, 05.03.2026.
O'qildi: 7455 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик