"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Xarri Keynning "Bavariya"dagi muvaffaqiyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Angliyalik forvard Bundesliganing joriy mavsumida 24 turdan so‘ng 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mahsuldorlik bo‘yicha rekord hali ham polyak futbolchisiga tegishli bo‘lib, u 2020/21 yilgi mavsumda myunxenliklar safida 41 ta gol kiritgan edi.
"Keyn juda ko‘p gol urmoqda, chin ma’noda ajoyib o‘ynayapti va o‘z ishini a’lo darajada bajarmoqda. Yaqinda men bu rekordni atigi 29 ta o‘yinda yangilaganimni ko‘rib qoldim. Agar o‘sha mavsumda barcha 34 ta o‘yinda ishtirok etganimda, qancha gol urishim mumkinligini tasavvur qilyapman. Xarri menga bu yutug‘im bilan yanada ko‘proq faxrlanish uchun sabab bermoqda", – dedi "ko‘k-anorranglilar"ning 37 yoshli futbolchisi Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Robert Levandovski 2022 yilda "Bavariya"ni "Barselona"ga almashtirgan edi.













