Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laporta transferlar borasidagi pozisiyasini ma’lum qildi

Laporta transferlar borasidagi pozisiyasini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta yangi futbolchilarni sotib olishga bo‘lgan yondashuvi haqida gapirib berdi.

"Yangi futbolchi sotib olish uchun hech qachon aqldan ozgancha ish tutmagan bo‘lardim. Men faqat allaqachon safimizda to‘p surayotganlar uchungina aql bovar qilmaydigan ishlarni qilishga tayyorman. Hozirgi tarkibimiz — har qanday qurbonlikka loyiq bo‘lgan xazinadir. Boshqa klublarning o‘yinchilariga kelsak — hech qanday telbaliklarga yo‘l qo‘yilmaydi", — dedi Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va 26 turdan so‘ng Madridning "Real" klubini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda. Shanba kuni, 7 martda, Xans-Diter Flik shogirdlari safarda "Atletik" Bilbaoga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 08:36, 06.03.2026.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик