Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joan Garsiya «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinmidi?

Joan Garsiya «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinmidi?

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o‘yin arafasida 2025 yilning yozida ushbu ingliz klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«O‘tgan yozda «Nyukasl» menga qiziqish bildirganmidi? O‘sha paytda gazetalarda turli xil mish-mishlar ko‘p edi, ammo «Nyukasl» vakillari men bilan bog‘lanishmagan. Imkoniyat paydo bo‘lishi bilan «Barselona»ga o‘tishni xohlashimni darhol tushunganman», — deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi football-espana.net portali.

Bugun «Nyukasl» Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Barselona» bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Joan Garsiya o‘tgan yozda «Jirona»dan Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:30, 10.03.2026.
O'qildi: 821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик