Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Lion" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

"Lion" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Lion» 29 yoshli darvozabon Remi Deskamp bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Fransiyalik posbon bilan imzolangan yangi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Deskamp «Lion» tarkibiga 2024 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. «Lill» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi faoliyati davomida «Tur», «Sharlerua» va «Nant» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumga to‘xtaladigan bo‘lsak, darvozabon «Lion» safida barcha musobaqalarda jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda u o‘z darvozasidan atigi 9 ta to‘p o‘tkazib yubordi, xolos.

Ayni damda «Lion» UEFA Yevropa Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda (jamoa liga bosqichini 1-o‘rinda yakunlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oldi). Shuningdek, klub Fransiya 1-ligasida ham yuqori o‘rinlar uchun kurashyapti. Hozirda «to‘quvchilar» milliy chempionatda 46 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasini egallab turishibdi.

Kiritildi: 23:17, 10.03.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик