Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"PSJ" va "Real" Enso Fernandes uchun kurashga tayyorlanmoqda

"PSJ" va "Real" Enso Fernandes uchun kurashga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes hamon "Pari Sen-Jermen"ning qiziqishlar doirasida qolmoqda.

Argentinalik futbolchining "ko‘klar" bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan, biroq uning tez orada jamoani tark etishi istisno etilmaydi. L'Equipe nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Enso Mareskaning iste’foga chiqarilishidan so‘ng yarim himoyachining "Chelsi"dagi uzoq muddatli kelajagi shubha ostida qoldi — bu qaror futbolchining hafsalasini pir qilgan. Agar jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, Fernandes kelayotgan yozda klubdan ketish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi mumkin. Katta ehtimol bilan, agar foydali taklif tushsa, London klubi rahbariyati muzokaralarga tayyor bo‘ladi.

"PSJ" allaqachon Enso Fernandesning o‘zi bilan aloqa o‘rnatgan. Shuningdek, 25 yoshli o‘yinchiga Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Kiritildi: 11:24, 11.03.2026.
O'qildi: 1132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик