Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" hujumchisi "Bayer"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

"Arsenal" hujumchisi "Bayer"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi, o‘z vaqtida "Bayer" sharafini himoya qilgan Kay Xavers Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida sobiq jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv bugun, 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

"Yana bu yerda bo‘lish juda yoqimli. Men bu yerda 10 yil o‘ynaganman. Ammo hozir "Arsenal" bilan g‘alaba qozonish uchun kelganman. Oilam tribunalarda meni qo‘llab-quvvatlab turadi", — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida "kanonirlar" birinchi o‘rinni egallashgan edi. Leverkuzen klubi esa 16-pog‘onada finish qilgan. O‘tish o‘yinlarida "Bayer" "Olimpiakos" to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgandi.

Kiritildi: 20:37, 11.03.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик