Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Trezege "Yuventus"ga kimni sotib olish kerakligini aytdi

Trezege "Yuventus"ga kimni sotib olish kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi David Trezege Turin jamoasida qaysi futbolchini ko‘rishni istashini ma’lum qildi.

"Men Robert Levandovskini hatto 37 yoshida ham "Yuventus"ga sotib olgan bo‘lardim. U Erling Xoland bilan birgalikda dunyodagi oxirgi haqiqiy "to‘qqizinchi raqam" (markaziy hujumchi) hisoblanadi. Balki Levandovskining jismoniy holati avvalgidek emasdir, lekin u kuchli, juda aqlli va gollar uradi. Men uni shaxsan o‘zim Turinga olib borgan bo‘lardim", — deya Trezegening so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Robert Levandovskining "Barselona" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi. Agar mehnat shartnomasi uzaytirilmasa, polshalik to‘purar yozda boshqa jamoaga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.

Kiritildi: 00:20, 12.03.2026.
O'qildi: 1066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик