Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

“So‘g‘diyona” “Superliga reglamenti”ning liboslar bo‘yicha talabini buzgani uchun jarimaga tortiladi

“So‘g‘diyona” “Superliga reglamenti”ning liboslar bo‘yicha talabini buzgani uchun jarimaga tortiladi

Baho:
+ | -

“Superliga reglamenti”ning 16-bobida musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar bahslarda maqomiga qarab uy yoki mehmon liboslarda maydonga tushishi keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, jamoalar uy uchrashuvlarida kiyib tushadigan liboslarini mavsum oldidan Ligaga taqdim etishi kerak. Shundan kelib chiqib, Liga mehmon jamoaga mehmondagi bahslarda qaysi liboslarda maydonga tushishini belgilashga, zaxira yoki uchinchi liboslarini talab qilishga haqlidir.

Bugun bo‘lib o‘tadigan Superliga 4-turi doirasidagi OKMK — “So‘g‘diyona” uchrashuvida OKMK jamoasi mavsum avvalida o‘zi taqdim etgan uy libosida — kulrang-oq liboslarda maydonga tushishi kerak edi. Ammo mehmonda o‘ynayotgan “So‘g‘diyona” jamoasining har ikki libosi ham OKMKning uy libosi rangiga yaqin bo‘lgan va uchrashuvda jamoalar kiyib tushadigan liboslar uchrashuv rasmiylarining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Liga mavjud vaziyatdan kelib chiqib, OKMK jamoasiga ushbu uchrashuvda ikkinchi — ko‘k rangli liboslarda maydonga tushishga ruxsat berdi. “So‘g‘diyona” esa mehmon jamoaga belgilangan talablarga rioya qilmagani, har ikki tanlagan liboslari rangi bir-biriga o‘xshagani, uchinchi zaxira liboslarini Ligaga taqdim eta olmagani bois, Musobaqa reglamentining 16.14-bandiga asosan jarimaga tortiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:20, 12.03.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик