Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Jahon chempionati nomi bilan ochilgan 2,7 mingta soxta veb-sayt aniqlandi

Jahon chempionati nomi bilan ochilgan 2,7 mingta soxta veb-sayt aniqlandi

Baho:
+ | -

Raqamli xatarlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi Bi.Zone kompaniyasi ma’lum qilishicha, yil boshidan buyon turli domen zonalarida futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati nomi bilan bog‘liq qariyb 2,7 mingta firibgar veb-sayt aniqlangan.

Kompaniya bunday saytlar qaysi davlatlarning domen zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganini oshkor qilmagan, biroq quyidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etgan:

2025 yil oktyabr — 600 ta sayt;
2025 yil noyabr — 700 ta sayt;
2025 yil dekabr — 1 000 ta sayt;
2026 yil yanvar — 1 200 ta sayt;
2026 yil fevral — 1 500 ta sayt (bu ko‘rsatkich firibgar saytlar soni faol o‘sish bosqichiga o‘tganini ko‘rsatadi).

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida tashkil etiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk o‘yinini Meksikada o‘tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQSHdagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. “Oq bo‘rilar” birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadioni mezbonlik qiladi.

Jamoa ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “NRG” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruh bosqichining so‘nggi turini Atlantadagi “Mersedes-Benz” stadionida o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:23, 12.03.2026.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик