Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Vadim Abramov: «Ayyorlik qilib yotib olganimiz yo‘q, oxirigacha futbol o‘ynayapmiz»

Vadim Abramov: «Ayyorlik qilib yotib olganimiz yo‘q, oxirigacha futbol o‘ynayapmiz»

Baho:
+ | -

Dinamo» - «Nasaf» (1:1) o‘yinidan keyin dastlab Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bilishimcha, Samarqandda 18 yildan buyon mag‘lub eta olmayotgan jamoa bilan uchrashdik. Ularni mag‘lub etishga juda yaqin edik, ammo yakunda alamli tarzda gol o‘tkazib yubordik. Golgacha to‘g‘ri himoyalanayotgandik, raqibda aytarli vaziyat yuz bermagandi. Oxirida esa qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Nima ham derdim, alamli durang. Savollarga o‘tinglar, menga o‘yinimiz yoqmadi.

Maoshlar? Bu savol menga emas. Bu borada siljish bor, harakat qilishmoqda, tez orada hal bo‘lishini aytishmoqda. Ammo bu jihat natijaga ta’sir qildi, deb o‘ylamayman. G‘alaba qozonsak bu haqda gapirish mumkin edi, hozir esa durangdan keyin xuddi bahonadek ko‘rinishi mumkin. O‘ylaymanki, rahbariyat buni hal qiladi.

Hisob 1:0 bo‘lgan paytda yakuniy pas va zarba yetishmadi. Mavsum boshida ko‘pchilik aql bilan emas, ko‘proq ishtiyoq evaziga o‘ynamoqda. Bu esa o‘yinga ta’sir ko‘rsatadi.

“Yarimhimoyangiz qandayligini ayting, men sizga jamoangiz qandayligini aytaman” – bu gap faqat men tomonimdan aytilmagan. Yarimhimoyadagi yo‘qotishlardan keyin moslashish jarayoniga vaqt kerak. Yarimhimoyaning o‘yini hali meni ham qoniqtirgani yo‘q. O‘zaro tushunish uchun vaqt kerak. Qanday maydonda tayyorgarlik ko‘ryapmiz, bilasizmi? Masalan kechadan avvalgi kun sport zalda shug‘ullandik. Bularning ham ta’siri bo‘ladi.

Dembele jarohat olgach, almashtirishni so‘radi. Shu bois uning o‘rniga Jumaboyev markazga o‘tib, Mauroni maydonga tushirdik. Himoyada yana bir o‘yinchimiz Sanches ham bor. Ammo hali adaptasiya uchun unga vaqt beramiz.

O‘yin yakunida balki ayrim futbolchilarda charchoq sezilgandir. Ammo biz har qanday holatda ham futbol o‘ynayapmiz, ayyorlik qilib yotib olganimiz yo‘q, oxirigacha kurashib, kichik hisob bo‘lsa-da, hujumga o‘tyapmiz. Ko‘ramiz», - dedi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:55, 12.03.2026.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик