Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xosep Gvardiola — APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi

Xosep Gvardiola — APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida fevral yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy aniqlandi. Ushbu mukofotni "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola qo‘lga kiritdi.

"Manchester Siti" o‘tgan oyda Premyer-liga doirasida beshta o‘yin o‘tkazdi va ularda mumkin bo‘lgan 15 ochkodan 13 tasini jamg‘ardi. "Shaharliklar" "Tottenxem" (2:2), "Liverpul" (2:1), "Fulxem" (3:0), "Nyukasl" (2:1) va "Lids" (1:0) jamoalari bilan bahs olib borishdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral yakunlari bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi sifatida Xosep Gvardiolaning shogirdi — Antuan Semenyo e’tirof etilgan edi.

Hozirda "Manchester Siti" Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda, "Arsenal"dan yetti ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 17:24, 13.03.2026.
O'qildi: 577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик