Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta "Tottenxem"ning APLda qolishini istamoqda

Arteta "Tottenxem"ning APLda qolishini istamoqda

Baho:
+ | -

"Tottenxem" xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda bormoqda. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Premyer-ligadan Shimoliy London derbisi yo‘qolishini istamayapti.

"Men doim aytaman: "Tottenxem" bilan derbi — bizdagi eng yorqin o‘yinlardan biri. Bunday ishtiyoq va raqobat mavjud bo‘lganda, bu o‘yin darajasini oshiradi va g‘alabadan olinadigan hissiyotlarni mutlaqo boshqa bosqichga olib chiqadi. "Tottenxem" bilan nima sodir bo‘lishini men hal qilmayman, lekin bizning raqobatimiz qanday ekanligini ta’riflab bera olaman", — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Yaqinda, 22 fevral kuni "Arsenal" safarda "Tottenxem"ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 21:30, 13.03.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик