Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Levandovski va Kovach "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Levandovski va Kovach "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiyaning "Yuventus" klubi kelasi mavsum uchun hujum chizig‘ini kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoaning transfer ro‘yxatiga kiritilgan. "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin bo‘lgan polshalik faxriy futbolchining tajribasi katta foyda beradi deb hisoblaydi. Avvalroq Levandovski Turinga ko‘chib o‘tishga ma’lum darajada qiziqish bildirgan edi, biroq yakuniy qarorgacha hali vaqt bor. Unga MLS klublaridan jozibador takliflar tushmoqda, shuningdek, futbolchining maosh bo‘yicha talablari "byankonerilar" byudjetiga biroz og‘irlik qilishi mumkin.

Levandovskidan tashqari, "Yuventus" skautlari AZ klubining istiqbolli yosh o‘yinchisi Bendeguz Kovachga ham e’tibor qaratishgan. 18 yoshli vengriyalik futbolchi UYEFA Yoshlar ligasidagi 6 ta o‘yinda 9 ta gol urib, ko‘pchilikning diqqatini tortdi. Kovachning transferi 5 million yevroga baholanmoqda, biroq bu kurashda "Yuventus" Dortmundning "Borussiya"si, "Aston Villa" va "Sporting" kabi klublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 22:06, 13.03.2026.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик