Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa «Real» bosh murabbiyi bo‘lishning qiyinchiliklari haqida

Arbeloa «Real» bosh murabbiyi bo‘lishning qiyinchiliklari haqida

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi ustozi Alvaro Arbeloa o‘z ishi haqida fikr bildirdi.

«Men maqtovlarga berilib ketmayman va bilamanki, keyingi muvaffaqiyatsizlikda menga yana shubha bilan qaray boshlashadi. Bu normal holat — gap menda emas, balki men o‘tirgan kursida. Bu yerda talablar juda yuqori. Hatto Chempionlar Ligasida bir necha bor g‘olib chiqqan insonlarni ham bu yerda tanqid qilishgan. Bu men uchun yangilik yoki kutilmagan holat emas», — dedi Arbeloa juma kungi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, hafta o‘rtasida «Real» Chempionlar Ligasida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Endilikda Alvaro Arbeloa jamoani La Liga doirasidagi «Elche»ga qarshi uy o‘yiniga tayyorlamoqda.

Kiritildi: 22:27, 13.03.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик