Kirish Ro'yxatdan o'tish

Goreskaning moliyaviy talablari ma’lum

Goreskaning moliyaviy talablari ma’lum

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreskaning yangi jamoadagi moliyaviy so‘rovlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng xavbek Germaniya grandini tark etadi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 31 yoshli Goreska o‘zining keyingi klubida hozirda "Bavariya"da olayotgan miqdorda, ya’ni 7 million yevro maosh olmoqchi. Shuningdek, futbolchi mehnat shartnomasini imzolagani uchun 10 million yevrogacha bonus talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, Goreskaning xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Nyukasl", "Marsel", "Atletiko", "Inter", "Napoli" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda ishtirok etdi, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:57, 14.03.2026.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик