«Barselona» yarim himoyachi Gavi borasida rasmiy bayonot berdi. U tizzasidagi muammo tufayli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng uzoq vaqt davomida tiklanish jarayonini o‘tadi.
«Gavi tibbiy ruxsatnomani oldi va yakshanba kuni «Sevilya»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishga tayyor!» — deyiladi «ko‘k-anorranglilar» e’lon qilgan xabarda.
Gavi oxirgi marta shu yilning yozida — 23 avgust kuni futbol maydonida ko‘rinish bergan edi.













