Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Arsenal», «Siti» va «Chelsi» Kayodeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Arsenal», «Siti» va «Chelsi» Kayodeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Premyer-liganing bir qator yirik klublari yozgi transfer oynasi oldidan «Brentford» o‘ng qanot himoyachisi Maykl Kayodega qiziqish bildirmoqda.

Kayode joriy mavsumda «Brentford»ning APLdagi 29 ta o‘yinidan 28 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan Kit Endryus jamoasida muhim rol o‘ynamoqda.

21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda chempionat doirasida gol yoki golli uzatmani amalga oshirmagan bo‘lsa-da, uning to‘pni qo‘l bilan uzoq masofaga tashlab berishi «arilar» uchun jiddiy hujum quroliga aylandi.

La Stampa nashrining xabariga ko‘ra, uning o‘yinlari «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Tottenxem» kabi klublar e’tiborini tortgan.

«Tottenxem» italiyalik himoyachini Pedro Porroning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Porroning omadsiz mavsumdan keyingi kelajagi klubda so‘roq ostida qolmoqda va turli mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 23:18, 14.03.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик