Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

La Liga. «Real» dahshatli gollar kiritilgan oqshomda «Elche»ni tor-mor keltirdi (Videosharh)

La Liga. «Real» dahshatli gollar kiritilgan oqshomda «Elche»ni tor-mor keltirdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Real» Ispaniya chempionatining 28-turi doirasidagi o‘z maydonida kechgan bahsda «Elche»ni mag‘lub etdi — 4:1.

Mezbonlar tarkibida Antonio Ryudiger, Federiko Valverde, Din Xyoysen va Arda Gyuler gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. «Real» himoyachisi Manuel Anxel esa o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Gyuler 68 metr masofadan yo‘llagan zarbasi bilan gol urdi. Bu Ispaniya chempionati tarixidagi eng uzoq masofadan urilgan gol bo‘lib, uni 2004 yilda «Numansiya» futbolchisi Antonio Xosening «Sevilya» darvozasiga yo‘llagan zarbasi bilan qiyoslash mumkin. Shu bilan birga, 1995 yildan beri «Real»ning biror-bir futbolchisi La Ligada o‘z maydoni yarmidan gol urmagan edi. Oxirgi marta bunday natijani Mikel Lasa «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (58 metrdan) qayd etgandi.

«Real» barcha turnirlarda ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa 28 ta o‘yindan so‘ng 66 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Elche»ning g‘alabasiz seriyasi 12 ta o‘yinga yetdi. Jamoa La Liga jadvalida 17-o‘rinda bormoqda (28 o‘yindan so‘ng 26 ochko).

Ispaniya La Ligasi. 28-tur
14.03.2026 | 01:00
«Santyago Bernabeu», Madrid

«REAL MADRID» — «ELCHE» — 4:1
Gollar: Ryudiger 39 (1:0), Valverde 44 (2:0), Xeysen 66 (3:0), Manuel Anxel 85 — avtogol (3:1), Arda Gyuler 89 (4:1).

«Real Madrid»: Kurtua, Ryudiger (D. Aguado, 61), Xeysen, F. Garsiya, Karvaxal, Tchuameni (Arda Gyuler, 58), Pitarch (Palasios, 64), Kamavinga, Valverde (G. Garsiya, 58), Vinisius Junior (Yanez, 58), Dias (Manuel Anxel, 63).

«Elche»: Dituro, Petro (M. Aguado, 64), Affengryuber (Bigas, 74), Chust, Valera, Sangare (Pedrosa, 23), Redondo (Mir, 64), Febas, Sepeda (Xosan, 64), Andre Silva, Neto (Diangana, 74).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (55) — Valera (62), Affengryuber (66), Mir (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:55, 15.03.2026.
O'qildi: 3173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик