Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyuler o‘z maydonidan turib urgan goli haqida gapirdi

Gyuler o‘z maydonidan turib urgan goli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler La Liga doirasida «Elche»ga qarshi kechgan bahsda (4:1) aql bovar qilmas gol muallifiga aylandi.

21 yoshli futbolchi uchrashuvning 89-daqiqasida maydonning o‘z jamoasiga tegishli qismidan turib zarba yo‘llagan holda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

«Mavsumning eng chiroyli goli? Rahmat, gol haqiqatan ham ajoyib chiqdi, men juda xursandman. Darvozabon noqulay pozisiyada turganini ko‘rdim, shu bois shunchaki zarba berib ko‘rishga qaror qildim va bu golga aylandi», — deya Gyulerning o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi Ispaniya OAVlari.

Kiritildi: 08:51, 15.03.2026.
O'qildi: 3467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик