Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Federiko Valverde «Real»dagi shaxsiy rekordini yangiladi

Federiko Valverde «Real»dagi shaxsiy rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde yana bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shanba kuni urugvaylik futbolchi La Liga doirasida kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsda «Elche» darvozasini ishg‘ol qildi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda «qaymoqranglilar» safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta samarali harakatni (to‘qqizta gol va 12 ta assist) yozdirib qo‘ydi. Opta portalining xabar berishicha, bu xavbek uchun «qirollik klubi»dagi faoliyati davomidagi shaxsiy rekord hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi bundan oldingi uchrashuvda Chempionlar Ligasi doirasida «Manchester Siti» darvozasiga xet-trik yo‘llagan edi.

Federiko Valverde 2016 yilda Urugvayning «Penyarol» klubidan «Real» safiga kelib qo‘shilgan.

Kiritildi: 12:09, 15.03.2026.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик