Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Terri "Arsenal" iqtidori haqida: "U maydonda Messi kabi parvoz qilmoqda"

Terri "Arsenal" iqtidori haqida: "U maydonda Messi kabi parvoz qilmoqda"

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning afsonaviy sardori Jon Terri «Arsenal»ning yosh yulduzi Maks Douman haqida juda iliq fikrlar bildirdi. Kuni kecha Douman 16 yoshu 73 kunligida APLning 21-turidan o‘rin olgan «Everton»ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urdi va liga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

London klublari o‘rtasidagi azaliy raqobatga qaramay, Terri «kanonirlar» safidagi iqtidorni e’tirof etdi.

«Maks Douman — haqiqiy futbolchi! Atigi 16 yosh. Bu shunchaki aql bovar qilmas darajada.

Men uning «Chelsi»ga qarshi o‘yinini taxminan bir yil oldin ko‘rgandim. O‘shandan beri raqiblarini xuddi maydon uzra parvoz qilayotgandek osonlik bilan ortda qoldiradigan boshqa futbolchini uchratmadim. Messidan boshqa hech kim buni u kabi bajara olmaydi. Ha, tushunaman, bu juda jiddiy, o‘ta jiddiy taqqoslash. Ammo bu bola — «Arsenal» va Angliya terma jamoasi kelajagida katta rol o‘ynaydigan haqiqiy noyob iqtidordir», — deya Terrining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.

Kiritildi: 16:04, 15.03.2026.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик