Kirish Ro'yxatdan o'tish

Leon Goreskani qo‘lga kiritishga asosiy da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi

Leon Goreskani qo‘lga kiritishga asosiy da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avvalroq Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi, 31 yoshli germaniyalik Leon Goreska jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligi va yozda erkin agent sifatida klubni tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

Xabar qilinishicha, Turinning «Yuventus» klubi futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, italiyaliklar bunday darajadagi va tajribali o‘yinchini jamoaga bepul qo‘shib olish g‘oyasiga ishtiyoq bilan qarashmoqda.

Shuningdek, turinliklar uchun nemis futbolchisi so‘rashi mumkin bo‘lgan maosh miqdori hali ham katta masala bo‘lib qolmoqda. Transfermarkt portali Leonni 15 million yevroga baholagan. Goreska joriy mavsumda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:21, 15.03.2026.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик