Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Rasman. Finalissima UYEFA va KONMEBOL qarori bilan bekor qilindi

Rasman. Finalissima UYEFA va KONMEBOL qarori bilan bekor qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFA va CONMEBOL qaroriga ko‘ra, Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Finalissima uchrashuvi bekor qilindi.

UEFA rasmiy bayonotida aytilishicha, tashkilot o‘yinni saqlab qolish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqqan, biroq ularning barchasi yakunda Argentina futbol assosiasiyasi tomonidan qabul qilinmagan.

Birinchi variantga ko‘ra, uchrashuvni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida avvaldan belgilangan sanada o‘tkazish, tribunalarda muxlislarni 50/50 nisbatda joylashtirish taklif qilingan. Ammo Argentina bu taklifni rad etdi.

Ikkinchi variant sifatida Finalissima o‘yinini ikki bosqichda o‘tkazish taklif qilingan:

— birinchi bahs 27 mart kuni «Santyago Bernabeu»da;
— ikkinchi o‘yin esa Buenos-Ayresda, UEFA Euro 2028 va Copa América musobaqalari oldidan yuzaga keladigan xalqaro tanaffus paytida.

Bu variantda ham muxlislar 50/50 nisbatda joylashtirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq bu taklif ham rad etildi.

Shundan so‘ng UEFA Yevropa hududida neytral maydon topilsa, uchrashuvni rejadagiday 27 mart kuni yoki muqobil sana — 30 martda o‘tkazish uchun Argentinadan kafolat talab qildi. Bu taklif ham qabul qilinmadi.

Argentina esa o‘yinni jahon chempionatidan keyin o‘tkazishni taklif qildi. Biroq Ispaniya terma jamoasining taqvimida bo‘sh sana bo‘lmagani uchun bu variant ham bekor qilindi.

Yakunda, avval kelishilgan rejaga ko‘ra o‘yin 27 martda o‘tkazilishi kerak bo‘lganiga qaramasdan, Argentina faqat 31 mart kuni o‘ynashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu sana esa FIFA taqvimida mavjud emas edi.

Shu tariqa, UEFA rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, ushbu Finalissima o‘yini bekor qilindi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 19:24, 15.03.2026.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.