Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

«Men uni o‘ldirmadim». Ryudiger — «Xetafe» himoyachisi bilan bo‘lgan holat haqida

«Men uni o‘ldirmadim». Ryudiger — «Xetafe» himoyachisi bilan bo‘lgan holat haqida

Baho:
+ | -2

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger La Liganing 26-turida «Xetafe»ga qarshi o‘yinda (0:1) sodir bo‘lgan holat haqida fikr bildirdi. Uchrashuv davomida Ryudiger «Xetafe» futbolchisi Diyego Rikoning yuziga tizzasi bilan tegib ketgan edi.

«Men epizodning sekinlashtirilgan takrorlarini ko‘rdim, u juda yomon ko‘rinadi. Lekin voqeaning o‘ziga qarasak… Men u bilan tortishmoqchi emasman, ammo men uni o‘ldirmadim. Kontaktni ortiqcha bo‘rttirish kerak emas, chunki agar men ataylab zarba bermoqchi bo‘lganimda, uni jarohatlab qo‘yardim. O‘yindan keyin u bilan gaplashdim. Meni maydondan haydashmadi, bu qizil kartochka emas edi va men hech qachon unga zarar yetkazishni istamaganman. Men qattiq o‘ynashni yoqtiraman, ammo men kesib o‘tmaydigan chegaralarim bor. Shuning uchun Rikoning bu holat haqidagi bayonotlari biroz bo‘rttirilgan deb o‘ylayman», — deya Ryudigerning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Hodisa o‘yinning 26-daqiqasida sodir bo‘ldi. Diyego Riko to‘p bilan qanotdan harakatlanayotganda Arda Gyuler bilan kurashda yiqildi. Keyinchalik epizodga qo‘shilgan Ryudiger yiqilayotgan paytida chap tizzasi bilan avval raqibining yelkasiga, so‘ngra esa jag‘iga tegdi. Riko yuzini ushlab oldi va o‘yin to‘xtatildi. Hakam Alexandro Munis Ruis maydonga shifokorlarni chaqirdi, ammo qoidabuzarlik qayd etmadi.

O‘yindan keyin Riko shunday degan edi: "Agar u Ryudigerning o‘rnida bo‘lganida, kamida 10 o‘yinga diskvalifikasiya olishi mumkin edi".

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:26, 17.03.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик