Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Bavariya" darvozaboni Chempionlar ligasida o‘ynash uchun maktabdan ruxsat olishi kerak

"Bavariya" darvozaboni Chempionlar ligasida o‘ynash uchun maktabdan ruxsat olishi kerak

Baho:
+ | -

"Bavariya"da darvozabonlar bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga kelgan. Xayriyatki, Yonas Urbig bosh miya chayqalishidan so‘ng "Atalanta"ga qarshi o‘yingacha tiklanishga ulgurishi kerak. Ammo agar bu sodir bo‘lmasa, myunxenliklar 16 yoshli Leonard Preskott xizmatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

Germaniya matbuotining yozishicha, Preskott bilan bog‘liq vaziyatda "Bavariya" mehnat qonunchiligi muammosiga duch kelmoqda. Gap shundaki, mamlakatda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning soat 20:00 dan keyin ishlashi taqiqlangan. "Bavariya"ning o‘yini esa mahalliy vaqt bilan 21:00 da boshlanadi.

16 yoshli futbolchi o‘yin qaydnomasidan joy olishi uchun "Bavariya" maxsus davlat organidan ruxsat olishi lozim. Bundan tashqari, klubga Preskottning ota-onasi, uning pediatri va maktabining roziligi kerak bo‘ladi.

Agar bunday ruxsat olinsa, Leonard Preskott o‘yindan so‘ng kamida 12 soat dam olishi shart. Bu esa u ertasi kuni maktabga bormasligini anglatadi.

Kiritildi: 21:58, 17.03.2026.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик