Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

KAF qarori: Senegal Afrika Kubogi chempionligidan mahrum etildi, Marokash — g‘olib

KAF qarori: Senegal Afrika Kubogi chempionligidan mahrum etildi, Marokash — g‘olib

Baho:
+ | -1

Seshanba kuni Afrika futbol konfederasiyasi (KAF) apellyasiya komissiyasi 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi finali natijasini bekor qildi. Senegal terma jamoasiga Marokash bilan uchrashuv yakunida maydonni tark etgani uchun texnik mag‘lubiyat yozildi.

Seshanba kuni, 17 mart sanasida komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Marokash tomonidan berilgan apellyasiya ko‘rib chiqildi.

Ommaviy axborot vositalariga tarqatilgan press-relizda shunday deyilgan: «Afrika futbol konfederasiyasining apellyasiya hakamlar hay’ati Afrika Millatlar Kubogi (KAN) reglamentining 84-moddasiga muvofiq, Senegal milliy terma jamoasini finalga «kelmagan» deb topdi, shu sababli Marokash Qirollik futbol federasiyasi foydasiga 3:0 hisobidagi g‘alaba tasdiqlandi».

Turnirning 18 yanvarda bo‘lib o‘tgan finalida, uchrashuvning 90+8-daqiqasida senegalliklar darvozasiga penalti belgilanganidan so‘ng, Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Pap Tiav norozilik belgisi sifatida o‘z jamoasini tribuna osti yo‘lakchasiga olib chiqib ketgan edi. Keyinroq terma jamoa sardori Sadio Mane futbolchilarni maydonga qaytardi. Marokashlik hujumchi Braim Dias penaltini golga aylantira olmadi, qo‘shimcha vaqtda esa Senegal bitta gol urib, g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 03:10, 18.03.2026.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.