Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Bavariya» rahbari «Real»ga qarshi chorak final oldidan: «Vaziyatni o‘zgartirish va yarim finalga chiqish vaqti keldi»

«Bavariya» rahbari «Real»ga qarshi chorak final oldidan: «Vaziyatni o‘zgartirish va yarim finalga chiqish vaqti keldi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh ijrochi direktori Yan-Kristian Drezen Chempionlar ligasi 1/4 finalida «Real» bilan bo‘ladigan uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bavariya» — «Real» qarama-qarshiligi — bu haqiqiy epik to‘qnashuv. Ko‘ramiz, bu safar nima sodir bo‘larkin. Ilgari biz ularga imkoniyatni boy berganmiz, ko‘pincha bu noxush vaziyatlar ostida yuz bergan. Endi buni o‘zgartirish va yarim finalga chiqish vaqti keldi.

Futbolchilar ushbu o‘yinlarni intizorlik bilan kutishmoqda. Men ham ikkita hayajonli bahs intiqlik bilan kutyapman — dastlabki o‘yinning Madridda o‘tishi biz uchun yaxshi. Favoritlar yo‘q. Hammasi o‘yin sifatiga va balki bir oz omadga bog‘liq bo‘ladi.

Hozircha esa terma jamoalar tanaffusidan so‘ng barcha futbolchilar safga sog‘-salomat qaytishiga umid qilamiz», — dedi Yan-Kristian Drezen.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar so‘nggi bor 2024 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda «Real» javob o‘yinida 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olgan. O‘sha bahsning qo‘shib berilgan daqiqalarida Matteys de Ligt «Madrid» darvozasini ishg‘ol qilishidan oldin hakam Shimon Marchinyak hushtak chalib o‘yinni to‘xtatgani ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Kiritildi: 12:48, 19.03.2026.
O'qildi: 1107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик