Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Haqiqiy to‘qqizlik": "Bavariya" sobiq yulduzi Keynni zamonamizning eng kuchli hujumchisi deb atadi

"Haqiqiy to‘qqizlik": "Bavariya" sobiq yulduzi Keynni zamonamizning eng kuchli hujumchisi deb atadi

Baho:
+ | -1

Italiyalik afsonaviy hujumchi Luka Toni «Bavariya» forvardi Xarri Keynning mahoratiga yuqori baho berdi.

Myunxenliklar Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida «Atalanta»ni tor-mor etishdi (4:1). Ushbu bahsda angliyalik hujumchi dubl qayd etdi va turnirdagi gollari sonini 50 taga yetkazib oldi.

«Men unga futbolchi sifatida oshiq ekanligimni aytmoqchiman. Chunki u hozirgi «soxta to‘qqizliklar» davrida dunyoda qolgan kam sonli haqiqiy «to‘qqizlik» (markaziy hujumchi)lardan biridir. Va u — dunyoning eng yaxshi hujumchisi», — dedi «Bavariya» va Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Prime Video Italiaga bergan intervyusida.

«Men buni qadrlayman. Sizdek yuqori darajali «to‘qqizlik»dan bunday so‘zlarni eshitish men uchun sharaf. Rahmat», — deya javob qaytardi Keyn.

Kiritildi: 17:01, 19.03.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик