Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Matteys de Ligt uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin

Matteys de Ligt uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Matteys de Ligt jarohati sababli joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborish xavfi ostida qoldi.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yilning oxiridan beri maydonga tushmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli o‘yinchining bel sohasidagi jarohatidan tiklanish jarayonida murakkabliklar yuzaga kelgan, shu sababli uning safga qaytishi bir necha bor ortga surildi. «Qizil iblislar» ustozi Maykl Kerrik markaziy himoyachining ushbu mavsumda o‘ynay olishiga ishonchi komil emasligini bildirdi.

«Bu mavsumda De Ligt maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, buni aniq aytish qiyin, chunki oradan ancha vaqt o‘tdi. Bu shunday jarohatlar sirasiga kiradiki, unda o‘zingni deyarli sog‘lom his qilasan, lekin keyinchalik muammo hali ham saqlanib qolgani ma’lum bo‘ladi. U tiklanish jarayonini o‘tamoqda, ammo bu biz xohlagan darajada tez amalga oshmayapti. Hozircha tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman. Unga yordam berish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — deya ta’kidladi murabbiy matbuot anjumanida.

Kiritildi: 08:21, 20.03.2026.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик