Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Liverpul» jiddiy yo‘qotishga uchradi

«Liverpul» jiddiy yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh jarohat tufayli safdan chiqdi. Misrlik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Istanbulning «Galatasaroy» klubiga qarshi kechgan javob o‘yinida (4:0) shikastlangan.

Mersisayd klubining rasmiy saytida xabar berilishicha, yulduzli forvardning tiklanish muddati taxminan ikki haftani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» bilan bo‘lgan yaqindagi bahsda Saloh 74-daqiqada almashtirilgan edi. Ushbu uchrashuvda hujumchi bitta gol urdi va bitta assistni amalga oshirdi.

Joriy mavsumda Muhammad «qizillar» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi o‘z hisobiga o‘nta gol va to‘qqizta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:13, 21.03.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик