Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Borussiya Dortmund" og‘ir jarohat olgan sardori bilan shartnomani uzaytirdi

"Borussiya Dortmund" og‘ir jarohat olgan sardori bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachi Emre Jan bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, «asalarilar» sardori jamoada 2027 yilning yoziga qadar qoladigan bo‘ldi. Tegishli ma’lumot klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Mart oyining boshida germaniyalik futbolchi og‘ir jarohat — tizzasidagi xochsimon bog‘lamlarining uzilishini orttirib olgan edi. Endi Janni uzoq davom etadigan tiklanish jarayoni kutmoqda. Eslatib o‘tamiz, uning «Borussiya» bilan avvalgi shartnomasi uch oydan keyin o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi.

Emre Jan 2019 yildan beri Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 32 yoshli xavbek nemis jamoasi tarkibida 220 ta o‘yinda ishtirok etib, 23 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 16:57, 21.03.2026.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик