Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

“Real” prezidenti Olise transferi ustida ishlamoqda

“Real” prezidenti Olise transferi ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres “Bavariya” yulduzi Maykl Oliseni qo‘lga kiritish uchun harakatlarni shaxsan o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Peres yirik transferni amalga oshirish niyatida. Agar “qirollik klubi” ushbu mavsumni ham muvaffaqiyatsiz yakunlasa hamda Rodrigo 2026 yilga qadar safdan chiqqani inobatga olinsa, “qaymoqranglilar” yozda futbolchi uchun 160 million yevro to‘lashga tayyor.

Xabarlarga ko‘ra, “Bavariya” rahbariyati bilan bunday miqdordagi taklifni muhokama qilish mumkin.

Olise Myunxen klubi bilan 2029 yilga qadar imzolangan shartnomaga ega va uning kelishuvida tovon puli haqidagi band mavjud emas. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi 2026 yil yozda “Real Madrid” safiga qo‘shilishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Maykl Olise Germaniya klubidagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Futbolchi shu vaqtga qadar klub safida jami 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 35 ta gol va 50 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:03, 22.03.2026.
O'qildi: 3691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик