Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston U-20 Toshkentda yaponlarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

O‘zbekiston U-20 Toshkentda yaponlarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Bugun, 25 mart kuni poytaxtimizdagi Milliy futbol markazi maydonida O‘zbekiston hamda Yaponiya yoshlar terma jamoalari (U-20) o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan bahsda vakillarimiz kichik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Uchrashuv kutilganidek teng kurashlar ostida boshlandi. Biroq mehmonlar o‘z imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanishdi. Bahsning 31-daqiqasida yaponlar tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda uchrashuv taqdirini hal qildi. Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz muvozanatni tiklash uchun qanchalik harakat qilishmasin, «kunchiqar yurt» vakillari mustahkam himoyalanib, g‘alabani saqlab qolishdi.

O‘ZBEKISTON (U-20) — YAPONIYA (U-20) — 0:1
Gol: 0:1 — 31.

O‘zbekiston U-20: 1. Shokirov, 3. Odiljonov, 4. Musaxonov, 5. To‘lqinbekov (S), 7. Abrayev, 11. Maratov, 14. Abdusattorov, 15. Ermanov, 17. Saidaliyev, 19. Dilshodbekov, 22. To‘laganov.

Zaxira: Abutalipov, Soliyev, Erkinov, Bobomurodov, Sarsenbayev, Jumadillayev, Tajiyev, Ermanov, Abdug‘aniyev, Xasanov, Yusupxonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:26, 25.03.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик