Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs oldidan Del Pyero italiyalik futbolchilarga murojaat qildi

Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs oldidan Del Pyero italiyalik futbolchilarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi Jahon chempionatining so‘nggi yo‘llanmalari uchun mas’uliyatli kurash oldida turibdi. Payshanba oqshomida jamoa Shimoliy Irlandiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Italyanlar xotirasida avvalgi o‘tish o‘yinlaridagi (pley-off) muvaffaqiyatsizliklar hali ham yangi va bu safar ham nimadir noto‘g‘ri ketishidan xavotirlar kuchli. Biroq afsonaviy sobiq hujumchi Alessandro Del Pyero futbolchilarni o‘zlariga ishonishga chaqirdi.

«Hamma hech qanday qo‘rquvsiz jamoa atrofida birlashishi kerak. Uchrashuvning muhimligini barcha tushunib turibdi, lekin maydonga qo‘rqmasdan va o‘z imkoniyatlarining 100 foizini berish niyatida chiqish lozim. Biz o‘z uyimizda o‘ynayapmiz, muxlislar futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydi», — deya Del Pyeroning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi o‘z saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egallagani sababli o‘tish o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 08:18, 26.03.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик