Avvalroq Antuan Grizmann yozda «Atletiko»ni tark etishi ma’lum qilingandi. Hujumchi faoliyatini «Orlando Siti»da davom ettiradi.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar futbolchi o‘rniga yangi nomzod izlashni boshladi. Klub «PSJ» yarim himoyachisi Li Kan Inga e’tibor qaratgan.
Joriy mavsumda futbolchi parijliklar safida 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 3 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Li Kan Inning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.













