Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Olise 200 mln yevroga ham sotilmaydi

Olise 200 mln yevroga ham sotilmaydi

Baho:
+ | -

“Bavariya” kuzatuv kengashi a’zosi Uli Xyoness yozgi transfer oynasi vaqtida jamoa vingeri Maykl Olisening sotilishi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Avvalroq, futbolchiga Angliya Premyer Ligasi klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Biz bu o‘yinni muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. Klubimizning 430 ming nafar a’zosi va butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari bor. Agar hisobimizda yana 200 million yevro ko‘payib, lekin jamoamiz har dam olish kunlari yomonroq o‘yin ko‘rsatadigan bo‘lsa, bundan muxlislarga foyda yo‘q”, deya Xyonessning so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida Fransiya terma jamoasi vingerini o‘z safiga qo‘shib olishga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi Oliseni mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan misrlik Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres “Bavariya” yulduzi Maykl Oliseni qo‘lga kiritish uchun harakatlarni shaxsan o‘z nazoratiga olgani va futbolchi uchun 160 million yevrodan voz kechishga tayyor ekani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Maykl Olise Germaniya klubidagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Futbolchi shu vaqtga qadar klub safida jami 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 35 ta gol va 50 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:18, 28.03.2026.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик