Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Javohir Sindarov talabgorlar musobaqasini muhim g‘alaba bilan boshladi!

Javohir Sindarov talabgorlar musobaqasini muhim g‘alaba bilan boshladi!

Baho:
+ | -

Bugundan FIDE tomonidan tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionligi uchun yo‘llanma beruvchi talabgorlar musobaqasi boshlandi.

Birinchi turda Javohir Sindarov rossiyalik Andrey Yesipenkoga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Dastlabki 20 ta yurishda raqib bexato o‘ynadi va o‘zi uchun qulay vaziyatni qo‘lga kiritdi. Boz ustiga, Sindarov vaqt tanqisligiga duch kela boshladi. Xususan, vaqt qo‘shib beriladigan marra — 40-yurish uchun yana 13 ta yurish qolganida Javohir hisobida bor-yo‘g‘i 7 daqiqadan kamroq vaqt qolgan edi. Bu paytda Yesipenkoda 30 daqiqa vaqt bor edi. Shunga qaramay, rossiyalik sportchi xatoga yo‘l qo‘ya boshladi va boz ustiga u 2 ta yurish uchun naq 24 daqiqa sarflab yubordi.

32-yurishda Yesipenko piyodani urib olishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Javohir qisqa vaqtlarda juda aniq yurishlarni amalga oshirdi va 40-yurishni qilganida uning hisobida atigi 5 soniya qolgan edi. Hamyurtimiz vaqt qo‘shilganidan 2 daqiqa o‘yladi va Ruh YE6 yurishini amalga oshirdi. Raqib shundan so‘ng taslim bo‘ldi.



1-turda quyidagi natijalar qayd etildi:

Javohir Sindarov - Andrey Yesipenko - 1:0
Mattias Blyubaum - Vey Yi - 0,5:0,5
Fabiano Karuana - Xikaru Nakamura
Rameshbabu Pragnanandha - Anish Giri

Javohir Sindarov ertaga Mattias Blyubaumga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 29.03.2026.
O'qildi: 1777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик