Italiya klubi "Partizan"dan 19 yoshli chernogoriyalik hujumchi Andrey Kostichni o‘z safiga qo‘shib oldi. 1 iyul kuni futbolchi "rossoneri"ning yoshlar jamoasiga borib qo‘shiladi.
Avvalroq, milanliklar ushbu o‘yinchi uchun 3 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgan edi.
Kostich Serbiya chempionatining joriy mavsumida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













