Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

APL va YECHL uchlikda emas. Dunyoning eng qimmat ligalari e’lon qilindi

APL va YECHL uchlikda emas. Dunyoning eng qimmat ligalari e’lon qilindi

Baho:
+-1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Global sport sanoati moliyaviy jihatdan tarixidagi eng yuqori bosqichga chiqdi. Media huquqlari, raqamli auditoriya va yirik homiylik shartnomalari hisobiga yetakchi ligalar daromad borasida rekord ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Sport Preferred nashri 2025–26-yilgi mavsumda dunyoning eng daromadli sport ligalari ro‘yxati shakllantirdi.

Unga ko‘ra Amerika futboli bo‘yicha milliy musobaqa — NFL jahonning eng qimmat ligasi deb topildi. Kriket bo‘yicha Hindiston Premyer Ligasi ikkinchi pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, basketbol bo‘yicha NBA muntazam chempionati kuchli uchlikka yakun yasagan.

Asosiy reyting (daromadlar):

1. Milliy Futbol Ligasi (NFL, Amerika futboli) – 20 mlrd dollar
2. Hindiston Premyer Ligasi (IPL, kriket) – 17 mlrd dollar
3. Milliy basketbol assosiasiyasi (NBA, basketbol) – 14 mlrd dollar
4. Beysbol Meyjor Ligasi (MLB, beysbol) – 12 mlrd dollar
5. Angliya Premyer Ligasi (APL, futbol) – 8 mlrd dollar
6. Milliy Xokkey Ligasi (NHL, xokkey) – 6,5 mlrd dollar
7. Germaniya Bundesligasi (futbol) – 4.3 mlrd dollar
8. Ispaniya La Ligasi (futbol) – 4,5 mlrd dollar
9. Italiya A Seriyasi (futbol) – 3,5 mlrd dollar
10. UYEFA Chempionlar Ligasi (futbol) – 3,5 mlrd dollar

NFL — mutlaq yetakchi
Milliy Futbol Ligasi amerikancha futbolning mintaqadagi mashhurligi yana bir bor dunyoning eng boy sport ligasi ekanini tasdiqladi. Liga qiymati 20 milliard dollarga baholanmoqda. NBC, ESPN va Fox bilan tuzilgan uzoq muddatli translyasiya shartnomalari asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Microsoft, Toyota kabi gigantlar hamkor sifatida jalb qilingan.

IPL — kriket imperiyasi
Kriket bo‘yicha Hindiston Premyer Ligasi qisqa vaqt ichida sport biznesining eng yirik loyihalaridan biriga aylandi. Liganing umumiy qiymati 17 milliard dollarni tashkil etadi. Efir huquqlaridan yiliga 1,2 milliard dollardan ortiq daromad olinadi. Har bir o‘yin hisobidan juda yuqori foyda ko‘rish ortidan Liga qudratli tashkilotga aylandi.

NBA — global o‘sish davom etmoqda
Milliy basketbol assosiasiyasi muntazam chempionati va pley-off o‘yinlaridagi keskin raqobat sababli ushbu musobaqa va sport turi ayniqsa Osiyo bozorida tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Liga qiymati 14 milliard dollarga yetgan, yillik homiylik daromadlari esa 1 milliard dollardan oshadi. Nike bilan hamkorlik muhim rol o‘ynamoqda.

MLB — an’anaviy gigant
Beysbol bo‘yicha Meyjor Liga AQSH sport madaniyatining asosiy ustunlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Liga qiymati 12 milliard dollarni tashkil etadi. Amerikadagi eng yirik translyasiya huquqlaridan olinadigan daromad Liga uchun qariyb 1,84 milliard dollar foyda keltiradi. Eng qimmat klub “Nyu York Yankis” boְ‘lib, 8,2 milliard dollarga baholangan.

Angliya Premyer Ligasi — futbol tijoratining yetakchisi
Angliya Premyer Ligasi futbol musobaqalari orasida eng katta daromadga ega turnir hisoblanadi. 20 ta klub ishtirok etadigan musobaqa global translyasiya va marketing orqali milliardlab foyda ko‘rmoqda. APL butun dunyo bo‘ylab eng katta auditoriyaga ega.

NHL — barqaror rivojlanish
Milliy Xokkey Ligasi AQSH va Kanadada o‘z pozisiyasini mustahkamlab bormoqda. Texnologiya, avtosanoat va ichimlik sohasidagi eng yirik brendlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bundesliga — tizimli o‘sish namunasi
Bundesliga moliyaviy barqarorlik va boshqaruv tizimi bilan ajralib turadi. Hatto Germaniyaning ikkinchi divizioni ham ilk bor 1 milliard yevro daromad chegarasidan o‘tdi.

La Liga — yulduzlar ligasi
Ispaniya La Ligasi “Real Madrid” va “Barselona” kabi grand klublar tufayli yuqori tijoriy qiymatni saqlab qolmoqda. Liganing tijoriy daromadi 1 milliard yevrodan oshgan. Shuningdek, translyasiya huquqini sotish orqali ko‘riladigan daromad 1,5 milliard dollardan ziyod.

A Seriya — murakkabliklarga qaramay o‘sayotgan chempionat
Italiya A Seriyasi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, o‘z nufuzini saqlab qolmoqda. Efir huquqlari muhim daromad manbai bo‘lib qolmoqda.

Chempionlar Ligasi — global brend
UYEFA Chempionlar Ligasi dunyoning 200 dan ortiq davlatida namoyish etiladi va klublar futbolining eng yirik tijoriy loyihalaridan biri hisoblanadi.

Sport sanoati tobora katta biznesga aylanib bormoqda. Ayniqsa media huquqlari va global auditoriya uchun kurash yetakchi ligalar daromadining keskin oshishiga xizmat qilmoqda. Kelgusi yillarda bu raqamlar yanada o‘sishi kutilmoqda.

Biroq, musobaqa qiymati jihatdan Amerika futboli, basketbol, kriket va beysbol ligalari qanchalik qudratli bo‘lmasin, hamon futbol eng ko‘p tomosha qilinadigan sport turi bo‘lib qolmoqda.

1. Angliya Premyer Ligasi — 3,2 mlrd
2. UYEFA Chempionlar Ligasi — 1,6 mlrd
3. Hindiston Premer Ligasi (Kriket) — 650 mln
4. La Liga (Ispaniya) — 600 mln
5. NBA (Basketbol) — 550 mln
6. Bundesliga (Germaniya) — 450 mln
7. NFL (Amerika futboli) — 410 mln
8. A Seriya (Italiya) — 380 mln
9. MLB (Beysbol) — 250 mln
10. Liga 1 (Fransiya) — 210 mln

Angliya Premyer Ligasi va UYEFA Chempionlar Ligasini bir mavsum davomida 5 milliardga yaqin inson tomosha qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:08, 02.04.2026.
O'qildi: 1066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик